Главная » 2021 » Март » 22 » Habib sobiq UFC chempionini shogirdlikka olmoqchi
17:48

Habib sobiq UFC chempionini shogirdlikka olmoqchi


Aralash janglar bo‘yicha chempionatning (UFC) yengil vazn toifasidagi umumiy reytingi yetakchisi rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik jangchi Lyuk Rokxoldni shogirdlikka olmoqchi. Bu haqda sobiq UFC chempioni Lyuk Rokxoldning o‘zi OAVga ma’lum qilgan.

“Habib murabbiy vazifasini o‘z zimmasiga olmoqchi. U mening Oktagonga qaytishimda muhim rol o‘ynamoqchi hamda yil murabbiyi unvoniga sazovor bo‘lishni va otasining izidan borishni istaydi. Uning otasi ziyrak va jang san’atini yaxshi bilardi”, deydi Rokxold

Ma’lum bo‘lishicha, Lyuk Rokxoldning o‘zi hali bu taklif bo‘yicha bir qarorga kelmagan.

Lyuk Rokxold aralash jang san’atida 16 g‘alabaga erishgan hamda besh marta mag‘lubiyatga uchragan.

Ma’lumot o‘rnida, Nurmuhamedov 2020 yilning kuzida amerikalik jangi Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, iste’foga chiqishga qaror qilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Habib, sobiq, chempionini, shogirdlikka, ufc | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя