Главная » 2017 » Август » 3 » “Green Card” bekor qilinadimi?
19:09

“Green Card” bekor qilinadimi?


AQSh Prezidenti Donald Tramp “Green Card”ni sifati past tizimdan yuqori tanlovli jarayonga aylantirish maqsadida “The RAISE” (ko‘tarilish) qonun loyihasini ishlab chiqdi.

Loyihani ishlab chiqishda Prezident Tramp senatorlar Devid Perd va Tom Kottonlar bilan hamkorlik qilganligi xabar qilinmoqda.

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, ingliz tilini biladigan, oilasi va o‘zini moliyaviy ta’minlay oladigan va asosiysi, AQSh iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlarga ega migrantlar AQShda yashash huquqini qo‘lga kiritishda ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladilar.

Tramp fikriga ko‘ra, ko‘p yillar mobaynida AQShga “sifatsiz kadr”lar kiritilgan va bu mamlakat resurslariga, soliq to‘lovchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Ma’lumot uchun, “Green Card” lotoreyasi 1990 yildan beri AQSh Davlat departamenti ko‘magida faoliyat olib boradi. Har yili 50 ming xorijlik AQShda yashash huquqini qo‘lga kiritadi.

Zohirshoh Jo‘raev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Green card | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя