Главная » 2020 » Апрель » 1 » Gonkonglik olimlar koronavirusni davolashning yangi usulini topdi
15:27

Gonkonglik olimlar koronavirusni davolashning yangi usulini topdi


Gonkonglik olimlar koronavirus bilan og‘rigan bemorlarning qoni boshqalarga quyilishi ularning tiklanishiga yordam berishini aniqladilar, deb yozadi South China Morning Post tadqiqotga asoslanib.

Olimlar Suriya oltin og‘maxonlari (xomyak)da tajriba o‘tkazdilar, chunki ularning ACE2 oqsili insonga o‘xshaydi. Tadqiqot davomida ular SARS-CoV-2 ni kemiruvchilarga yuqtirdi. Og‘maxon tuzalgandan so‘ng, ulardan qon namunalari olib, boshqa kemiruvchilarga quydilar. 

 Shundan so‘ng og‘maxonlar tanasida virusli yuk ancha pasaygan (deyarli 10 baravar).

"Agar biz odamlar bilan ham xuddi shunday qilsak, tomir orqali konsentratsiyalangan bemorlarning qon plazmasini in’yeksiya qilsak, bu ularning tanalaridagi virus yukini kamaytirish orqali tiklanishiga yordam beradi", dedi xitoylik mikrobiolog.

Avvalroq, xitoylik olimlar maymunlarga koronavirus yuqtirib uni davolay olgan edilar.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 860 ming kishidan oshdi, 178 mingdan ortiq odam tuzaldi va 42 344 kishi vafot etdi.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя