Главная » 2022 » Сентябрь » 6 » Germaniyada qimmat energiyaga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi
18:36

Germaniyada qimmat energiyaga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi


Kecha, 5 sentabr kuni Germaniyaning Leypsig shahrida bir necha ming kishi hukumatning energiya va ijtimoiy siyosatiga qarshi namoyishlar o‘tkazdi. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri xabar berdi.

Maʼlum bo‘lishicha, namoyishlarga Germaniyada energiya va oziq-ovqat narxlarining keskin oshishi sabab bo‘lgan.

Ushbu namoyishlarni tashkilotchilari bir nechta partiyalar va alyanslar, shu jumladan, o‘ta o‘ng “Freie Sachsen” ittifoqi bo‘lgan. Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, namoyishlar chog‘ida bir qancha otishmalar bo‘lgan.
Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi, “Alyans 90”/“Yashillar” va Erkin Demokratik partiya hukmron koalitsiyasi aholiga qiymati 65 milliard yevro bo‘lgan uchinchi yordam paketi qabul qilinganini eʼlon qilgan. Biroq namoyishchilar bu choralarni yetarli emas deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal Ukraina Germaniyaga elektr yetkazib berishga tayyorligini maʼlum qilgan edi

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Germaniyada, bo‘lib, qarshi, o‘tdi, namoyishlar, energiyaga, qimmat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя