Главная » 2022 » Июль » 29 » Gepatit “S” bilan kasallanganlar dori vositalari bilan bepul taʼminlanadi
19:34

Gepatit “S” bilan kasallanganlar dori vositalari bilan bepul taʼminlanadi


Oʼzbekistonda virusli gepatit “S” turi bilan kasallangan bemorlar dori vositalari bilan bepul taʼminlanadi. Bu haqda kecha, 28 iyud kuni АOKАda oʼtkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Matbuot xizmati rahbari Maftuna Saidova maʼlum qildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 iyulidan boshlab har yili respublika aholisini skrining tekshiruvlari soni 1 million nafargacha, polimer zanjir reaktsiyasi (PZR) tekshiruvlari soni 15 ming nafargacha, virusli gepatit “S” turi bilan kasallangan bemorlarni davolashni 10 500 nafargacha yetkaziladi. 

Kasallik yuqishi xavfi yuqori boʼlgan shaxslarni, shu jumladan qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari orasida gepatit “V” infektsiyasini oldini olish maqsadida emlash ishlari boshlab yuborilgan boʼlib, 2022-2023 yil davomida 120 mingga yaqin tibbiyot xodimlari virusli gepatit “V” infektsiyasiga qarshi toʼliq qamrab olinishi rejalashtirilgan. 

Virusli gepatitlar “V” va “S” turlarini eliminatsiya qilish boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari asosida 2030 yilga qadar:

skrining darajasini – davolash bilan qamrab olish ishlarini, bolalarni emlash darajasini – 90 foizga yetkazish;

yangi kasallanish holatlari qayd qilinishini – 90 foizga kamaytirish;

oʼlim holati koʼrsatkichlarini – 65 foizga kamaytirish kabi ustuvor yoʼnalishlar belgilangan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Gepatit, bilan, kasallanganlar, Bepul, “S”, vositalari, dori, taʼminlanadi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя