Главная » 2021 » Август » 23 » Galaktikamizni bir nafasda yutib yuboradigan «Qora tuynuk» qanday paydo bo‘lgan?
15:34

Galaktikamizni bir nafasda yutib yuboradigan «Qora tuynuk» qanday paydo bo‘lgan?


Ilm-fanga 100 milliarddan ortiq galaktika ma’lum. Bizning Somon yo‘li galaktikamiz o‘rtacha kattalikdagilari turkumiga kiradi. Sayyoralarning hajmlari ham turlicha, masalan bizning Yerimimiz hajmiga ko‘ra, Somon yo‘lidagi 5 sayyora. Quyosh va Yerni koptok va no‘xatga qiyos qilishganini bilsangiz kerak. Tasavvur qilish mushkul, ammo shunday qudratli «astro-yirtqich»lar borki, ular nafaqat Yer yoki Quyoshni, balki butun galaktikamizni bir nafasda yutib yuborishga qodir. Xalq tilida «Qora tuynuk» deb ataladigan bu «yirtqich» qanday paydo bo‘lgan? Hozir shu haqda gaplashamiz.

Ular bizning sayyoramizdan trillion barobar kattaroq. Bunday «astro-yirtqich»larning qanday shakllanishi va o‘sishi haqida ilm-fanga juda kam narsa ma’lum. Yangi teleskoplar va texnikalar bu gigantlarga yangicha qarashni beradi.

Olimlar qudratli «Qora tuynuk»larning hosil bo‘lishi haqda aniq to‘xtamlarga kela olmagan bo‘lsalar-da, kengayib borishi haqda umumiy qarashlarga ega. Ma’lum bo‘lishicha «Qora tuynuk» markazida keng va katta o‘lchamdagi spiral mavjud bo‘ladi. Bu odatiy yadro kabi emas va natijada millionlab yillar davomida ko‘plab galaktikalarni deformatsiya qilgan to‘qnashuvlardan hosil bo‘lgan samoviy changlarni o‘ziga yopishtirib oladi. Bu xuddi qor koptogini dumalatganingiz sari kattalashganidek, spiral ham o‘zining atrofidagi kosmo-chiqindilar bilan kattalashib boradi.

«Qora tuynuk»ning quvvati uning qancha faol sayyoralarni «paqqos tushirgani bilan o‘lchanadi», deydi kionotshunoslar. Faol sayyoralar yoki yadroga ega bo‘lgan boshqa samoviy jismlarning quvvatini o‘zida jamlagan tuynuklar borgan sari kengayib, xavflilashib boradi.

Oddiy «Qora tuynuk»lar Quyosh massasidan to‘rt baravar ko‘p bo‘lsa -da, ularning ulkan «qarindosh»lari millionlab, ba’zan milliardlab marta katta. Olimlarning fikricha, deyarli har bir katta galaktikaning yuragida supermassiv qora tuynuk bor. Bu esa har qanday galaktika shunday «qotil»ga aylanib ketishi mumkinligini ko‘rsatadi.

«Mening tadqiqotim uchun ideal galaktikalar — bu siz tasavvur qila oladigan eng chiroyli, mukammal spirallar. Eng chiroyli galaktikalar bu qora tuynuklar qanday o‘sishi sirini ochishga yordam beradigan galaktikalardir», deydi Oksford universitetining qora tuynuklarni o‘rganuvchi mutaxassisi Bekki Smetxurst.

«Qora tuynuk» shu qadar zich holatdaki, hatto yorug‘lik ham uning markazidan qochib qutula olmaydi. Ularning atrofdagi yulduzlarni quyunday o‘z qariga tortib ketadi. Oddiy qilib aytadigan bo‘lsak, «Qora tuynuk»ning markazida tishlari joylashgan va ular har qanday jismni parchalab tashlaydi. 

Kaliforniya universiteti mutaxassislarining fikricha esa «Qora tuynuk»lar paydo bo‘lishi va o‘sishi oddiy jarayon — sirli narsa yo‘q. O‘layotgan yulduzning yoqilg‘isi tugaydi, o‘ta yangi yulduzda portlab ketadi, o‘z-o‘zidan qulab tushadi. Bu jarayonlarning hammasi «Qora tuynuk»lar uchun «ozuqadir». «Qora tuynuk» g‘oyasi bir asrdan beri mavjud. Bu haqda Albert Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasida ma’lum qilingan edi.

Bunday «astro-yirtqichlar» shu darajada ochofat bo‘lishadiki, oldidan chiqqan har qanday jismni «so‘rib olaveradi». Ammo so‘nayotgan yulduzlarni yutish orqali «Qora tuynuk» supermassiv bo‘la olmaydi. Ular uchun faol yulduzlar va galaktikalar eng mazzali taom hisoblanadi.

Ma’lumotlarga qaraganda ilk «Qora tuynuk» birinchi yulduzlarning ilk katta portlashidan taxminan 200 million yil o‘tgach paydo bo‘lgan. Agar ilk yulduzlar portlashi taxminan bundan o‘n uch yarim milliard yil avval sodir bo‘lganini hisobga oladigan bo‘lsak, hozirdagi eng katta «Qora tuynuk»ning kattaligini hisoblashga aqlimiz qodir emas.

Qora tuynuklar «voqealar gorizonti» deb nomlanuvchi sferik chegaraga ega. Bu sohada yorug‘lik, energiya va materiya muqarrar ravishda tuzoqqa tushadi. «Voqea gorizonti»dan tashqarida aylanadigan disk yaqin atrofdagi materiyani 10 million C° gacha qizdirgachdan atrofdagi yulduzlar erib ketadi.

«Qora tuynuklar — koinotdagi eng samarali va faol dvigatellar, — deydi fransuz tadqiqotchisi Marta Volonteri. Ular massani 40 foizgacha samaradorlikka ega energiyaga aylantiradi».

Ularning shakllanishi va evolyusiyasi galaktikalarning rivojlanishi va butun olamning tarixi va tuzilishi haqidagi hikoyalar bilan chambarchas bog‘liq. Bu kosmik gigantlarning sirini hal qilish, olimlarning nima uchun bunday bo‘lganini tushunishga urinishidagi muhim qadam bo‘ladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: Qora tuynuk | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя