Главная » 2021 » Май » 14 » Fransiyalik dijey 3000 metr balandlikda shou ko‘rsatdi (video)
19:03

Fransiyalik dijey 3000 metr balandlikda shou ko‘rsatdi (video)


Fransiyalik dijey Shveysariyaning Alp tog‘larida qor bilan qoplangan 3000 metr balandlikdagi muzliklarda musiqa ijro etdi, deya xabar berdi «MIR 24».

Platforma vertolyot yordamida muzlik cho‘qqisiga olib chiqildi — uskunalar bir necha soat davomida o‘rnatildi. Shou jonli efirda namoyish etildi.

Pandemiya tufayli musiqachi Texo bir yildan ko‘proq vaqt davomida klublarda va kechalarda chiqish qilmayotgandi. Shu vaqt mobaynida u ko‘plab yangi kompozitsiyalar yozdi. U g‘ayrioddiy joylarda ijro etadigan kompaniyaga murojaat qildi.

Tog‘ chang‘i kurorti artistlarga ham yordam beradi. Masalan, bir yil oldin bu yerda aviashou bo‘lib o‘tgan edi. Shveysariyalik akrobat 3000 metr balandlikda ko‘zlarini bog‘lab sayr qilgan va velosiped haydagan.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: balandlikda, Fransiyalik, dijey, (Video), shou | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя