Главная » 2017 » Апрель » 7 » Farzandidan kechirim so`ragan mashhurlar
12:01

Farzandidan kechirim so`ragan mashhurlar


Shunday toifa insonlar bo`ladiki, ular uchun kechirim so`rashdan mushkulroq ish yo`q. Aksincha, har qanday vaziyatda ham uzr so`rashdan og`rinmaydigan, buni o`zi uchun hayotiy prinsip deb hisoblaydiganlar ham topiladi. Xususan, sahifamizning galdagi ishtirokchilariga «Farzandingizdan kechirim so`raganmisiz?» savoli bilan murojaat etdik. Olgan javoblarimizga esa o`zingiz baho bering.

«AVVAL KOYIYMAN, KEYIN AFSUSLANAMAN»

Ulug`bek RAHMATULLAEV, xonanda:

            — Bolalarim hali juda kichkina bo`lgani uchun ulardan kechirim so`raydigan jiddiy holatlar bo`lmagan. Ammo tarbiyani kichikligidan boshlash kerak degan qoidaga amal qilganim bois o`g`limni goh gohida tergab, biror bir xatosi uchun urushib qo`yaman. Tergashga tergayman-u, keyin ko`nglim hijil bo`lib qoladi. O`sha zahoti, «O`g`lim, shunday qilmasam bo`lmaydi, mendan xafa bo`lma» deb aytaman. Aslida, xomush, yig`layotgan bolalarni ko`rsam, o`zimni tutib turolmayman. Darrov ko`nglim yumshab ketadi.


«KEChIR, DEMASAM HAM...»

Sohib ABBOSXON, rejissyor, akter:

— Farzandlarim bilan hech qanday og`ir, qaltis vaziyatlarga shu kungacha duch kelmaganman. Ammo haddan tashqari sho`xlik qilsa, maktabda muammolar bo`lsa, darslarini tayyorlamaganini bilganimda qattiq gapirib qo`yishim mumkin. Bunday vaziyatlarda ular mendan xafa bo`lganini sezsam biroz o`tib ko`nglini ko`tarishga harakat qilaman. Kayfiyatini yaxshilaydigan gaplar aytib hazillashaman. Aslida har bir ota-ona farzandidan uzr so`rashga uyalmasligi kerak. Chunki ba`zida bizlar ham xato qilamiz.


«VA`DAMNI BAJARMASAM...»

Davron ERGAShEV, xonanda:

— Ming afsuski, so`nggi paytlarda farzandlarimni ko`proq ranjitib qo`yayotganga o`xshayman. Ko`pincha bergan va`damning ustidan chiqolmasam mulzam bo`laman. Ayniqsa, qizimni ertalab uyg`onishi bilan so`ragan narsasini kechqurun olib kelib qo`yaman deb, yodimdan ko`tarilgan paytlar ko`p takroranyapti. Bunday kezlarda uning xafa bo`lganini ko`rib, shu zahoti «meni kechir» deyman. Aybimni yuvish uchun esa u aytgan narsani birga borib xarid qilamiz.


«BUNAQA VAZIYaTLAR KO`P BO`LADI»

Ra`no ALIMOVA, radio-teleboshlovchi:

— Tabiatdan ko`p kechirim so`raydigan insonlar toifasidanman. Farzandlarimdan ham juda ko`p bora kechirim so`rab turaman. Ish bilan bo`lib asabiylashganda noo`rin ularga ovozimni baland gapirib urushib qo`ysam darhol o`zimga kelib olib uzr so`rayman. Chunki bola qalbi juda nozik. Yillar davomida ularning qalbida o`sha narsa qora dog` bo`lib qolmasin deyman-da. Men onaman, ulardan kattaman uzr so`rashim shart emas, deyish noto`g`ri.


«ISTIMA BILAN UYDA QOLGANDA...»

Muhabbat HAMROEVA, jurnalist:

— Bundan bir necha yil ilgari ish bilan vodiyga safar qilganman. Ketadigan kunim o`g`lim qattiq isitma bilan yotib qolgandi. Turmush o`rtog`imning qistovlariga qaramay, ishimga fidoyiligimdan singlimni uyga chaqirtirib, o`g`limga ko`z-quloq bo`lib turishini aytganman-da, safarga ketganman. Qaytganimdan keyin esa yig`lab-yig`lab: «O`g`lim, seni juda yaxshi ko`raman, ammo ishim ham juda zarur edi. Meni tushun», deb kechirim so`raganim haligacha esimda. Qizimdan ham kechirim so`ragan paytlarim bo`lgan. O`zingizga ma`lum qizim bir muncha vaqt televidinieda boshlovchilik qildi. Turmushga berganimdan keyin ham faoliyatini davom ettirishini istagandim. U bo`lsa «Yo`q. Bu ish bilan boshqa shug`ulanmayman. Aslida, sizning hurmatingiz deb TVga borgandim» deganida avvaliga juda xafa bo`ldim. Keyin men qizimni o`zi istamagan ishga shuncha yil majburlagan ekanman-da, deb kechirim so`ragandim.


«KO`Z YoShIGA SABABChI BO`LGANIMDA»

Muhabbat QURBONOVA, raqqosa:

— Qizim kichikligida undan kechirim so`rashimga to`g`ri kelgan. Meni deb ko`zlari yoshlangani uchun uzr so`raganman. Nimadir bo`lib, asabiylashgandim. Shunda o`zimni nazorat qilolmay farzandimga qattiq baqirib yuborganman. U bo`lsa meni holatimdan cho`chib ketgan. Bolamning ahvolini ko`rib, qanday qilib o`zimga kelib qolganimni bilmayman. Shu ondayoq uni bag`rimga bosib, chaqalog`imdan kechirim so`raganman. Va boshqa bu ish qaytarilmasligiga va`da berganman.

Aliya SULAYMANOVA tayyorladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Kechir, Mashhurlar, Farzandidan kechirim soragan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя