Главная » 2022 » Сентябрь » 24 » Farg‘onadagi YTHda ikki nafar yosh yigit halok bo‘ldi
13:22

Farg‘onadagi YTHda ikki nafar yosh yigit halok bo‘ldi


Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida avtomobilning betonga urilishi oqibatida ikki nafar yosh yigit vafot etdi.

YTH Oltiariq tumani “Tegirmonboshi” MFY hududidan o‘tadigan “4R-112” Farg‘ona halqa avtomobil yo‘lining 235-kilometrida sodir bo‘ldi.

Bu haqda viloyat IIB ma’lum qildi.

Qo‘qondan Farg‘onaga harakatlanib kelayotgan Nexia rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilgan.

YTH oqibatida avtomashina majaqlanib ketgan. Hodisa oqibatida 19 yoshli haydovchi va 21 yoshli yo‘lovchi vafot etgan. Boshqa bir yo‘lovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: nafar, Yigit, Halok, bo‘ldi, Yosh, YTHda, ikki, Farg‘onadagi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя