Главная » 2022 » Сентябрь » 8 » Farg‘onada ilk bor to‘xtab turgan yurakda jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi
13:09

Farg‘onada ilk bor to‘xtab turgan yurakda jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi


Farg‘onada ilk bor to‘xtab turgan yurakda aorta klapinini protezlash jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, murakkab jarrohlik amaliyoti Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialida Toshkentdan kelgan malakali kardioxirurglar va farg‘onalik shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan.

“Ushbu murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun muassasada barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Germaniyada ishlab chiqarilgan ‘Shtokkert’ sun’iy qon aylantirish apparati respublikamizda sanoqli. U jarrohlik amaliyoti vaqtida bemor yuragi to‘xtatilgach, vaqtincha yurak vazifasini bajaradi”, — deydi filial direktori Bahodir Mamajonov.

Jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorni yurak klapanlari yaxshi ishlamasligi natijasida nafas qisishi, charchoq, ko‘krak qafasidagi og‘riqlar va yurak yetishmovchiligi bezovta qilgan. Ushbu asoratlarni bartaraf etish, bemorni sog‘lom hayotga qaytarish maqsadida viloyatda ilk bor to‘xtab turgan yurakda aorta klapini protezlash jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda bemorning ahvoli yaxshilangan, davo muolajalari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yil boshidan buyon Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialida 9 nafar bemorda aorta-koronar shuntlash operatsiyalari o‘tkazilgan. Iyun oyida yurak qon tomir jarrohlik va mikroxirurgiya bo‘limi vrachlari tomonidan to‘rt nafar bemorda korotid endarterektomiya jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli olib borilgan va ushbu bemorlarning hayoti saqlab qolingan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: ilk, Jarrohlik, to‘xtab, o‘tkazildi, turgan, amaliyoti, Farg‘onada, yurakda, bor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя