Главная » 2021 » Июль » 7 » Ertaga anomal issiq havo kuzatiladi. Ortidan qum bo‘ronlari yuzaga kelishi kutilmoqda
15:33

Ertaga anomal issiq havo kuzatiladi. Ortidan qum bo‘ronlari yuzaga kelishi kutilmoqda


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8 iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 25-27, kunduzi 41-43 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.  Ustyurtda qum bo‘ronlari bilan birga shamolning tezligi sekundiga 25-30 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-29, kunduzi 39-44 daraja issiq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda qum bo‘ronlari bilan birga shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.  Kechasi 24-29, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda qum bo‘ronlari bilan birga shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-29, kunduzi 41-46 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda qum bo‘ronlari bilan birga shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida  havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda qum bo‘ronlari bilan birga shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 25-30, kunduzi 41-46 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘li va tog‘oldi hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 16-21, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.  

7-8 iyul kunlari O‘zbekiston hududida ob-havo juda issiq bo‘lishi kuzatilmoqda. Shu kunlari havo harorati iqlim me’yoridan 5-8 daraja yuqori bo‘ladi. Kunduzi vaqtlarda  havo 41-43 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida  44-46 darajagacha issiq bo‘ladi.

7 iyul kuni Qoraqalpog‘istonda, 8-10 iyul kunlari  respublikamiz hududida  shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish qum bo‘ronlari bilan birga sekundiga 25-30 metrgacha bo‘lishi kutilmoqda.  


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: anomal, issiq, bo‘ronlari, havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя