Главная » 2022 » Июль » 27 » Erdoʼgʼan Putin ham “Bayraktar”ga xayrixoh boʼlganini aytdi
15:19

Erdoʼgʼan Putin ham “Bayraktar”ga xayrixoh boʼlganini aytdi


  Rossiya Prezidenti Vladimir Putin unga “Bayraktar” dronlarini ishlab chiqaruvchi “Baykar Makina” kompaniyasi bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan. CNN Turkning xabar berishicha, bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdoʼgʼan “Аdolat va taraqqiyot” partiyasi markaziy ijroiya qoʼmitasi yigʼilishida aytib oʼtgan.

  Erdoʼgʼanning soʼzlariga koʼra, Birlashgan Аrab Аmirliklari ham “Bayraktar”ga qiziqish bildirgan va oʼz hududida dronlar ishlab chiqaradigan zavod qurishni taklif qilgan.

  Ukraina harbiylari Rossiyaga qarshi urushda “Bayraktar-TB2” uchuvchisiz uchish apparatlaridan faol foydalanmoqda va ruslarga jiddiy zarar yetkazayotganini aytmoqda. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi bunday dronlar yoʼq qilinayotgani haqida muntazam xabar berib boryapti. 

  “Proekt” nashri RF Mudofaa vazirligi hisobotlariga koʼra Ukraina armiyasidagi 20 ga yaqin “Bayraktar-TB2” yoʼq qilinganiga, lekin ukrainlardan bunday miqdorda “Bayraktar”lar arsenali yoʼqligiga eʼtibor qaratgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Putin, aytdi, xayrixoh, Erdoʼgʼan, HAM, boʼlganini, “Bayraktar”ga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя