Главная » 2022 » Август » 2 » Eldor Shomurodovga Angliya klubidan daʼvogar chiqdi
19:29

Eldor Shomurodovga Angliya klubidan daʼvogar chiqdi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Angliya Premer ligasi vakili bo‘lmish “Vulverxempton”dan davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Il Messaggero”  nashri xabar qildi.

Manbaga ko‘ra, “Roma” bosh direktori Tiagu Pintu Shomurodovga daʼvogarlarning barchasiga hujumchi bilan to‘liq transfer yoki sotib olish majburiyati bilan ijaraga olish variantida xayrlashishga tayyor ekanliklarini bildirmoqda.

Qayd etish kerakki, Italiyaning “Bolonya” jamoasi ham Eldorga nisbatan qiziqishlarini yo‘qotmagan.

Avvalroq, Eldor Shomurodovning transferi uchun “Bolonya” 9 million yevro to‘lashga tayyorligi xabar qilingandi.

Maʼlumot uchun, 2021 yilning yozida “Roma” Eldor Shomurodov uchun “Jenoa”ga 18 million yevro to‘lagan edi. O‘tgan mavsumda 27 yoshli Shomurodov “Roma” tarkibida Italiya A seriyasining 28 o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda, “Transfermarkt” portali o‘zbekistonlik futbolchini 8 million yevroga baholamoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: daʼvogar, Eldor, Angliya, chiqdi, Shomurodovga, klubidan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя