Главная » 2021 » Сентябрь » 16 » Donald Tramp AQSHning uch yil umri qolganini aytdi
23:21

Donald Tramp AQSHning uch yil umri qolganini aytdi


AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp “Newsmax” telekanali jonli efirida mamlakat yaqin uch yilda tamom bo‘lishini aytdi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda. 

Sobiq Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Jo Bayden o‘z lavozimiga kirishganidan beri Qo‘shma Shtatlar “pastga sho‘ng‘imoqda”.

“2022 va 2024 yillarda bo‘lib o‘tadigan saylovlarga borganimizda, mamlakatdan hech narsa qolmagan bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Donald Trampning ushbu so‘zlaridan so‘ng, boshlovchi Shon Spayser intervyuni yakunlagan.

Qayd etish kerakki, Tramp muntazam ravishda AQSHning hozirgi ma’muriyati va ayniqsa o‘tgan prezidentlik saylovlarida unga raqiblik qilgan Jo Baydenni ko‘p tanqid qiladi. Misol uchun, sobiq Prezident hozirgi davlat rahbarini Afg‘onistondan qo‘shinlarni tez olib chiqish orqali mamlakatni taslim bo‘lgan va sharmanda qilganlikda ayblagan. Bundan tashqari, Tramp, agar ular boksga tushsa, Baydenni nokautga uchratishini aytgan.  


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: AQSH, Donald Tramp | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя