Главная » 2017 » Апрель » 3 » Diqqat! Kamarlarni taqing, telefondan foydalanmang!
21:35

Diqqat! Kamarlarni taqing, telefondan foydalanmang!


Toshkent shahri ko‘chalariga o‘rnatilgan kuzatuv kameralariga tez orada qo‘shimcha funksiyalar o‘rnatiladi va ular mashina boshqarayotgan paytda mobil telefondan foydalanish hamda xavfsizlik kamarini taqmaslik kabi qoidabuzarliklarni aniqlaydi.

Ayni paytda kuzatuv kameralari faqatgina ikki xil qoidabuzarlikni aniqlayapti: qizil chiroqdan o‘tganlik va tezlikni oshirganlik. Yaqin kunlarda mazkur kameralarga boshqa qoidabuzarliklarni ham qayd etadigan qo‘shimcha funksiyalar o‘rnatiladi.

“Yaqin kunlarda tizimda mobil aloqa vositasidan foydalanganlik va xavfsizlik kamarini taqmaganlik bo‘yicha qoidabuzarliklarni aniqlaydigan qo‘shimcha fnksiyalar o‘rnatiladi. Hozircha shu va boshqa qoidabuzarliklarni navbatchi inspektorlar nazorat qilishyapti”, deydi Toshkent shahar IIBB YHXB OAV va jamiyat bilan aloqalar bo‘limi inspektori, mayor Alisher Abduqodirov.

Eslatib o‘tamiz, poytaxt ko‘chalariga o‘rnatilgan 115ta chorrahadagi 883ta kamera tunu kun ishlashda davom etmoqda.

Bobur Jalolov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: telefon, Kamarlarni taqing, telefondan foydalanmang, Diqqat! | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя