Главная » 2022 » Сентябрь » 29 » Derbi oldidan “Manchester Yunayted”da ikkita yo‘qotish bor
19:02

Derbi oldidan “Manchester Yunayted”da ikkita yo‘qotish bor


Manchester shahrining ikki klubi yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Antoni Marsiyal va Markus Reshford MYuning Man Sitiga qarshi bahsini o‘tkazib yuborishi mumkin.

The Times nashri xabariga ko‘ra, ikkala hujumchi ham jarohatlari sabab shu haftada “Manchester Yunayted” guruhidan chiqishgan. Shu munosabat bilan ularning APLning 9-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi o‘yindagi ishtiroki so'roq ostida.

Marsyal tovonidan olgan jarohati tufayli “Manchester Yunayted”ning so‘nggi beshta o‘yinini o‘tkazib yubordi. Reshford esa “Arsenal”ga qarshi dubl qayd etgan o‘yinda mushaklaridan jarohat oldi.

Manchester derbisi 2-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: ikkita, Yunaytedda, Derbi, Manchester, bor, oldidan, yo‘qotish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя