Главная » 2018 » Апрель » 27 » Davron Kabulov Toshkentning yangi hokimi qanday odamligi haqida gapirdi
12:00

Davron Kabulov Toshkentning yangi hokimi qanday odamligi haqida gapirdi


Avvalroq, Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Rahmonbek Usmonov yangi lavozimga tayinlangani, uning o‘rnini taniqli tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jaev egallagani haqida xabar bergan edik.

Jahongir Ortiqxo‘jaevni yaxshi taniganlardan biri teleboshlovchi, jurnalist Davron Kabulov ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali uning qanday hokim bo‘lishini oldindan taxmin qildi. Kabulov shunday yozadi:

“Toshkent shahri aholisini yangi hokim bilan tabriklayman. 11 tumanda yashovchi har bir fuqaro amin bo‘lsin-ki, nasib etishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi nomzodni qo‘lga kiritdik. Maddohlik qilish istagidan yiroqman, bor-yo‘g‘i Jahongir Ortiqxo‘jaevni shaxsan tanigan, amalga oshirgan loyihalariga guvoh bo‘lgan odam sifatida eng lo‘nda xarakteristikani bermoqchiman: borgan joyini gullatadigan inson. Kechasi uxlamasligi mumkin, mehribon rahbardan bir soniya ichida qattiqqo‘l yetakchiga aylanishi mumkin, samarali usullar bilan birga, kichik masofada ko‘zlangan foydani bermaydigan eksperimentlarga qo‘l urishi ham ehtimoldan holi emas –ammo boshlagan ishida alal oqibat albatta NATIJA bo‘ladi.

Eksperimentlar boshqa masala: faqat ishlamasdan o‘tirgan odamgina “xato kilmadim” deb maqtana olishini 5-sinf bolasiyam biladi bugun.

Aytgancha, Jahongir Ortiqxo‘jaev ko‘proq BOSS emas – LIDER. Xodimlari undan qo‘rqishmaydi, uni uyaltirib qo‘yishdan qo‘rqishadi. Shunchaki HURMAT qilishmaydi, YaXShI ko‘rishadi. Farqni sezyapsizmi? Poytaxtda tug‘ilib o‘sgan yigit sifatida judayam xohlardim, bir necha yillar o‘tib faqat Artel, Imzo, Zo’rTV, MediaPark yoki Atlas ishchilarida emas, balki Toshkentda istiqomat qiladigan har bir odamda ona shahrining meri haqida shunday fikr bo‘lishini...

Toshkentning gullab-yashnashi, dunyoning eng go‘zal va ko‘rkam shaharlari ro‘yxatiga qaytishi, iqtisodidan tortib ekologiyasigacha yaxshilanishi, aholining xotirjam, mamnun va rozi yashashi yo‘lida amalga oshiradigan har bir ishingizda xayrixohmiz!

Shu o‘rinda oxirgi yetti yil mobaynida poytaxt farovonligi uchun harakat qilgan Rahmonbek Usmonovga qilgan mehnati, nafi tegayotgan loyihalari uchun minnatdorlik izhor etgan holda, keyingi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolaman!”


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: yangi hokim, toshkent, Davron Kabulov, odam, qanday, haqida gapirdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя