Главная » 2021 » Октябрь » 19 » Dangasalar uchun ajoyib ish — oyiga 2750 dollar
23:06

Dangasalar uchun ajoyib ish — oyiga 2750 dollar


Britaniyaning ko‘rpa-to‘shak ishlab chiqaruvchi «Crafted Bed» kompaniyasi matras tekshiruvchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilmoqda. Nomzodlardan kun bo‘yi to‘shakda yotish va Netflix seriallarini tomosha qilish talab etiladi. Bu haqda Britaniyaning Mirror nashri xabar bermoqda.

Karavotda yotganliklari uchun ularga yiliga 24 ming funt taklif qilishmoqda — bu taxminan yiliga 33 ming dollar, oyiga 2750 dollar degani. Asosiy sharti —sinovdan o‘tkazilayotgan mahsulotlar — kompaniya sotayotgan matraslarga batafsil va tushunarli izohlar yozish qobiliyatiga ega bo‘lish.

Matras har hafta sinovchining uyiga yetkazib beriladi. Bundan chiqdi ofisga borishga ham hojat yo‘q.

«Biz bu vazifalarni taklif etayotganimizdan juda xursandmiz, chunki mijozlar ehtiyojini qondirish biz uchun nihoyatda muhim», — deydi Crafted Beds kompaniyasi marketing menejeri Brayan Dillon.

Matraslarning sifatini baholash uchun uning ustida haftasiga 37 yarim soat vaqtni o‘tkazishga majbur. Xodim testni o‘tkazishga butun e’tiborini jalb qilishi uchun unda yolg‘iz yotishiga to‘g‘ri keladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ajoyib, Dangasalar, Ish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя