Главная » 2016 » Декабрь » 23 » Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati keskin tushib ketadi
19:29

Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati keskin tushib ketadi


23 dekabr kuni Toshkent shahrida qor yog‘ib, quyuq tuman tushdi. 5 daqiqa ichida poytaxt ko‘chalari oppoq qorga burkandi. Dam olish kunlari Toshkentda kechasi havo harorati -8-6 darajagacha tushib ketishi kutilmoqda. Kunduz kuni harorat 0 daraja atrofida bo‘ladi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida dam olish kuni kechasi harorat -17-12 darajani tashkil etadi. Kunduzi 5 daraja sovuq bo‘ladi.
 
Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham kechasi harorat 12 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi harorat -5 darajani tashkil etadi.
 
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ham harorat kechasi -8-3 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
 
Farg‘ona vodiysida esa harorat kechasi 5 darajagacha sovub ketadi. Kunduzi -3+2 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 25 dekabr kuni esa kechasi harorat 10 darajagacha tushib ketadi.
 
Dam olish kunlari, ya’ni 24-25 dekabr kunlari Respublikamiz bo‘ylab yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi.

Durdona Rasulova 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя