Главная » 2021 » Июнь » 18 » “Coca Cola”ga jiddiy zarar yetkazgan Ronaldu Instagram’da yangi “cho‘qqi”ni zabt etdi
18:27

“Coca Cola”ga jiddiy zarar yetkazgan Ronaldu Instagram’da yangi “cho‘qqi”ni zabt etdi


Italiyaning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning Instagram sahifasidagi obunachilari soni 300 milliondan oshdi va u bu natijani qayd etgan birinchi odam bo‘ldi 

Ta’kidlash joiz, Krishtianuning Instagram akkaunti so‘nggi haftada katta sur’atda o‘sishga erishdi. Bunga bunga asosiy sabab sifatida esa futbolchining matbuot anjumanida “Coca Cola” brendini “antireklama” qilgani ko‘rsatilmoqda. O‘shanda u gazli ichimliklar sog‘liq uchun zarar ekanini ta’kidlab, ularni umuman iste’mol qilmaslikka chaqirgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni shu voqeadan so‘ng, kompaniya aksiyalarida keskin pasayish kuzatilib, “Coca Cola” jami 1,4 milliard yevro miqdorida zarar ko‘rgan. Hozirda Yevro-2020 matbuot anjumanlarida futbolchilar Ronaldu boshlab bergan bu “chellenj”ni davom ettirishmoqda.


Manba: "xabar.uz"
| Теги: zarar, jiddiy, coca cola, Ronaldu, Instagram | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя