Главная » 2021 » Июнь » 6 » Chorvoqda yuz bergan ommaviy mushtlashuv bo‘icha izoh berildi
20:14

Chorvoqda yuz bergan ommaviy mushtlashuv bo‘icha izoh berildi


Bugun, 6 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Chorvoqda fuqarolar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB rasmiy izoh berdi.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa tasvir tushirilgan joy Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Novobod” MFY hududidagi “Piramida-Chorbog‘ oromgohi” sohili bo‘lib, unda dam olish joriy yilning 3 iyun kunidan rasmiy ochilgan. Shu vaqt oralig‘ida dam olish maskanida bu kabi hodisa ro‘y bermagan va IIOga hech qanday murojaat kelib tushmagan.

“Aniqlanishicha, tasvirga olingan holat 2018-2019 yil oralig‘ida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bunga sabab hozirda ushbu sohilning suvi va ko‘rinishi hamda uning atrofidagi muhit va boshqa jarayonlar o‘zgargan”, deyiladi izohda.

Hozirda mazkur holatning kelib chiqish sababi va holat ishtirokchilarini aniqlash yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: mushtlashuv, Ommaviy, yuz bergan, Chorvoqda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя