Главная » 2020 » Май » 19 » Chinozda o‘ldirilgan fuqaroning jasadi Qozog‘istondan topildi
13:20

Chinozda o‘ldirilgan fuqaroning jasadi Qozog‘istondan topildi


Toshkent viloyati Chinoz tumani “Chinmasjid” mahallasida 5-may kuni qotillik jinoyati sodir etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1975-yilda tug‘ilgan F.M. soat 17:00 larda mast holda tanishi, 1982-yilda tug‘ilgan A.E. bilan janjallashib, bolta bilan uning boshiga bir necha bor urib, o‘ldirgan.

“U 6-may kuni soat 10:30 larda A.E.ning murdasini Sirdaryo daryosiga tashlab yuborgan”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Marhumning murdasi 14-may kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyati Keles tumanidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi qirg‘og‘idan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan 18-may kuni Chinoz tumani prokuraturasi tomonidan F.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, u ushlangan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: fuqaroning, jasadi, Chinozda, topildi, o‘ldirilgan, Qozog‘istondan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя