Главная » 2020 » Октябрь » 6 » Buxoroda masjidning uchta ehson qutisidan pul o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
10:52

Buxoroda masjidning uchta ehson qutisidan pul o‘g‘irlagan shaxs ushlandi


28-sentyabrdan 29-sentyabrga o‘tar kechasi Romitan tumanida joylashgan «Xo‘ja Ali Romitaniy» masjidiga noma’lum shaxs g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. So‘ng u yerdagi uchta ehson qutisini buzib ochib, ehson qilingan barcha pullarni o‘g‘irlab voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Romitan tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor-tergov harakatlari olib borilgan.

Tezkor-surishtiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Samarqand viloyatida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan O.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Hozirda gumonlanuvchi O.A.ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘g‘irlagan, shaxs, ehson qutisidan, ushlandi, Pul, masjidning, Buxoroda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя