Главная » 2022 » Август » 18 » Buxoroda 18 yashar qiz o‘g‘il dunyoga keltirib, uni hojatxonaga tashlab o‘ldirdi
10:18

Buxoroda 18 yashar qiz o‘g‘il dunyoga keltirib, uni hojatxonaga tashlab o‘ldirdi


Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanda 18 yoshli qiz endi tug‘ilgan chaqalog‘ini hojatxonaga tashlab, qasddan o‘ldirdi. Bu haqda viloyat sudi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar oyida fuqaro D.M. o‘zining homilador ekanini bilib qolib, buni oila aʼzolari va qarindoshlaridan yashirgan. 

13 may kuni soat taxminan 13:30 da o‘zi yashab kelgan G‘ijduvon tumani “Bobog‘ozi” MFY Bobog‘ozi qishlog‘idagi yashash xonadonining hojatxonasida yolg‘iz o‘zi o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Biroq, u farzandini qasddan hojatxona ostidagi najas chuqurligiga tashlab, o‘ldirgan. 

Sud-tibbiy ekspertizasining 2022 yil 5 iyundagi 22-sonli xulosasida, o‘g‘il jinsli chaqaloqning o‘limi yuqori nafas yo‘llariga yot massa (najas) tushishi va nafas yo‘llari bekilishi oqibatida aspiratsiya natijasida kelib chiqqani ko‘rsatilgan.

Sudda sudlanuvchi D.M.ning bildirishicha, u 2021 yil 3 sentabr kuni soat taxminan 11:00 larda yashash uyida yolg‘iz o‘tirganida qarindoshi M.T. kelib, uni zo‘rlab, nomusiga teggan. 

Qiz o‘sha payt bu haqida hech kimga aytmagan, oradan 2-3 oy o‘tganidan keyin buyragida og‘riq bo‘lgani uchun onasi G.M. bilan birga G‘ijduvon tuman tez tibbiy yordam bo‘limida tekshiruvdan o‘tgan. Natijada shifokor unga olti oylik homilador ekanini aytgan.

Shundan so‘ng ona va qiz qarindoshi T.M.ga qo‘ng‘iroq qilib, homila haqida aytgan. Yigit esa homilani oldirib tashlashini bildirgan. Shifokorlar esa homila olib tashlansa, qizning bundan keyin homilador bo‘la olmasligi mumkinligini tushuntirgan. 

13 may kuni u bolani hojatxonada dunyoga keltirgan va uni hojatxonaga chuquriga tashlab yuborgan. Voqeadan xabar topgan qizning onasi uni tuman tug‘ruq kompleksiga olib borgan. 2022 yilning 14 may kuni huquq-tartibot idoralari vakillari tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilganda hojatxona chuqurligidan o‘g‘il chaqaloq jasadi topilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, D.M. Jinoyat kodeksining 99-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga shu modda bilan bir yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Uning soat 21:00 dan 06:00 ga qadar G‘ijduvon tuman “Bo‘ktaroy” mahalla fuqarolar yig‘ini, Bobog‘ozi qishlog‘idagi yashash uyidan chiqib ketmasligi belgilangan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘g‘il, Qiz, hojatxonaga, tashlab, 18, keltirib, Buxoroda, o‘ldirdi, dunyoga, Uni, yashar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя