Главная » 2022 » Август » 4 » “Bunyodkor” 18 yoshli futbolchisi uchun rus klubidan $1 mln talab qildi
10:54

“Bunyodkor” 18 yoshli futbolchisi uchun rus klubidan $1 mln talab qildi


Toshkentning “Bunyodkor” klubi futbolchisi Umarali Rahmonalievga Rossiyaning “Rubin” klubi tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Bu haqda “Metaratings” nashri xabar berdi.

Manbaga koʼra, “Rubin” oʼzbekistonlik 18 yoshli futbolchi Umarali Rahmonalievni oʼz safiga qoʼshib olishga jiddiy harakat qilmoqda. Biroq Qozon klubi muammoga duch kelgan. Negaki “Bunyodkor” futbolchisi uchun bir million dollar talab qilmoqda. Qozonliklar Umarali uchun bunchalik katta mablagʼni toʼlash niyatida emas.

Qayd etilishicha, Rahmonalievning oʼzi ham “Rubin”ga oʼtishni istayapti. Uning “Bunyodkor” bilan shartnomasi yil oxirida yakuniga etadi. Аgar klub Umaralining "Rubin"ga oʼtishiga qarshi chiqsa, u shartnomani bir tomonlama bekor qilib, erkin agent sifatida Qozon klubiga oʼtishga tayyor.

Maʼlumot uchun, joriy mavsumda Rahmonaliev “Bunyodkor” safida 13 ta oʼyinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan. “Transfermarkt” portali 18 yoshli yarim himoyachining narxini 200 ming yevroga baholamoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: mln, uchun, futbolchisi, $1, qildi, 18, talab, Rus, “Bunyodkor”, yoshli, klubidan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя