Главная » 2022 » Август » 25 » Britaniyaliklar tajovuzkor va “mast” arilar hujumiga uchramoqda
11:37

Britaniyaliklar tajovuzkor va “mast” arilar hujumiga uchramoqda


Britaniyaliklarga hech qanday sababsiz chaqadigan “mast” arilar hujum qilmoqda.

“Gazeta.ru”ning  xabar qilishicha, Angliyada kuzatilayotgan issiq ob-havo tufayli mevalar chirib, tarkibidagi shakar fermentatsiyaga uchrab, alkogolga aylana boshlaydi. Uni esa hasharotlar, shuningdek, arilar ham iste’mol qiladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, barcha ari turlari nektar yig‘ish jarayonida bunday fermentatsiyaga uchragan meva sharbatini qabul qilganidan so‘ng o‘z ish manzilini “yo‘qotadi” va insonlardagi hidga nisbatan tajovuzkor bo‘ladi.

Cleankill Pest Control vakillarining ma’lum qilishicha, bu yil arilar “hujumi” va chaqishi bo‘yicha murojaatlar soni 30 foizga oshgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, issiq ob-havo tufayli arilarning ko‘payish va urchish soni oshib bormoqda. “Mast” arilar tinim bilmay chirigan mevalar sharbatini iste’mol qilmoqda.

Ular sovuq va namlikni yoqtirmaydi, shuning uchun so‘nggi 50 yildagi eng issiq yoz arilar ko‘payishi va yashab qolishi uchun juda qulay keldi, deb tushuntiradi mutaxassislar.
Bundan tashqari, mutaxassislar odamlarga hujum qilmoqchi bo‘lgan ari o‘z koloniyasi a’zolarini “jazava”ga soladigan feromon chiqarishini ham ta’kidlagan.

 

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: hujumiga, Mast, VA, arilar, uchramoqda, Britaniyaliklar, tajovuzkor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя