Главная » 2023 » Август » 5 » Bosh vazir Yashnobod tumanidagi “novostroyka” muammosi boʼyicha yigʼilish oʼtkazmoqda
12:32

Bosh vazir Yashnobod tumanidagi “novostroyka” muammosi boʼyicha yigʼilish oʼtkazmoqda



Bosh vazir Yashnobod tumanidagi “novostroyka” muammosi boʼyicha yigʼilish oʼtkazmoqda Bosh vazir Аbdulla Аripov “Аziya Invest Favorit” MChJ tomonidan qurilayotgan koʼp qavatli uy-joylardagi xonadonlarni fuqarolarga sotilishi yuzasidan kelib chiqqan nizoli vaziyat qatnashchilarini qabul qildi.
Uchrashuvda mazkur masalani oʼrganish va hal etish boʼyicha tuzilgan Hukumat komissiyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berilmoqda.Bosh vazir oʼrinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi tomonidan Bosh prokuratura bilan hamkorlikda 2 ta holat boʼyicha ham jabrlangan fuqarolarning muammolarini hal etish yuzasidan tayyorlagan takliflarini oʼqib eshittirmoqda.
Eslatib oʼtamiz, «AZIYA INVEST FAVORIT» MChJ bilan Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Izzat koʼchasida qurilishi rejalashtirilgan uylardan birini sotib olish boʼyicha shartnoma tuzgan bir guruh fuqarolar Kun.uzga murojaat qilib, oradan bir yarim yildan koʼproq vaqt oʼtganiga qaramay qurilish ishlari hali boshlanmaganidan shikoyat qilishgandi.Ularning aytishicha, MChJ rahbari qamoqqa olingan boʼlib, ishchi-xodimlar pullarini qaytarishni talab qilib borganlarga firma yopilganini aytishgan. Fuqarolar koʼrgan zarar 300 mlrd soʼmdan ortiqni tashkil qiladi.Mazkur masala yuzasidan Bosh vazir oʼrinbosari Ochilboy Ramatov raisligida Hukumat komissiyasi tuzilgandi. Ushbu komissiyaga 20 iyulgacha oʼrganish ishlarini yakunlab, natijasi yuzasidan tegishli xulosa va asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatilgandi.

Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tumanidagi, Yashnobod, yigʼilish, Vazir, bosh, “novostroyka”, boʼyicha, oʼtkazmoqda, muammosi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя