Главная » 2018 » Май » 30 » Bog‘chaga borilmagan kun uchun pul to‘lanadimi?
20:28

Bog‘chaga borilmagan kun uchun pul to‘lanadimi?


— Bir haftaga oilaviy dam olishga ketmoqchiman. O‘sha kunlari farzandim bog‘chaga bormaydi. Bog‘chaga borilmagan kun uchun pul to‘lashim shartmi?

Adliya vazirligi:

Ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola bog‘chaga kelmagan hollarda joriy oy uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdori u kelmagan kunlar uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi.

To‘lovni kamaytirish uchun ota-onalardan biri sababi ko‘rsatilgan holda maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati nomiga oldindan ariza (bildirishnoma) yozishi shart.

Bunda bolaninng bir yilda ko‘pi bilan 60 kundan ortiq bo‘lmagan muddatgacha maktabgacha ta’lim muassasasiga kelmasligiga ruxsat beriladi.

Demak, maktabgacha ta’lim muassasasi oldindan yozma ogohlantirilgan bo‘lsa, bola bog‘chaga bormagan kunlar uchun pul to‘lanmaydi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bog‘cha, Pul, uchun, borilmagan, Kun, to‘lanadimi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя