Главная » 2021 » Сентябрь » 5 » Bo‘ysunmas Panjsher “Tolibon”ning ming kishilik qo‘shinini yo‘q qilganini aytmoqda
18:45

Bo‘ysunmas Panjsher “Tolibon”ning ming kishilik qo‘shinini yo‘q qilganini aytmoqda


Kecha, 4 sentyabr kuni tunda “Tolibon” harakatining ming kishidan iborat qurollangan guruhi Panjsherning shimoli-sharqiy qismida zararsizlantirildi. Bu haqda qarshilik fronti matbuot kotibi, afg‘on jurnalisti Fahim Dashti ma’lum qildi.

“Kecha tunda va bugun ertalab guruhning katta qismi yo‘q qilindi, qochishga uringanlari esa asrga olindi”, deydi Dashti.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Panjsher vodiysining boshqa hududlari ham front jangchilari tomonidan to‘liq nazorat qilinmoqda.

Afg‘oniston milliy qarshilik fronti ma’lumotlariga ko‘ra, “Tolibon” Panjsherni egallash uchun 6 yo‘nalishda 20 mingdan ortiq jangarini safarbar qilgan.

Qayd etish kerakki, “Tolibon” vakillari esa hozircha Panjsher bilan bog‘liq holat bo‘yicha izoh bermayapti.

Panjsher — “Tolibon”ga bo‘ysunmagan yagona viloyat

Ushbu viloyat Afg‘onistoning sharqida joylashgan bo‘lib, u yerda taxminan 150 ming aholi yashaydi. Qayd etish kerakki, viloyatning 98 foiz aholisi etnik tojiklardan tashkil topgan. Panjsherda “Tolibon”ga qarshi kuchlar to‘planayotgani ham aytilmoqda va hozirda ushbu provinsiya toliblarga qarshilik ko‘rsatish markazi bo‘lishi taxmin qilinyapti. 

Bu yerda Afg‘onistonning bir qator nufuzli siyosiy figuralari jamlangan: mamlakatning 1992-1996 yillardagi Mudofaa vaziri, mashhur “dala qo‘mondoni” Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li Ahmad Mas’ud, birinchi vitse-prezident Amrulloh Solih, Marshal Abdul-Rashid Do‘stum hamda uning o‘g‘li Yormuhammad Do‘stum. 

Afg‘onistondagi vaziyat

AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Bunga qadar Yevropaning boshqa davlatlari, jumladan Britaniya va Germaniya ham mamlakatni tark etdi. Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzulganini e’lon qildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Bo‘ysunmas, Panjsher, Tolibon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя