Главная » 2022 » Июль » 26 » BMT Ukrainadagi urushda qancha tinch aholi oʼlganini ochiqladi
11:28

BMT Ukrainadagi urushda qancha tinch aholi oʼlganini ochiqladi


 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʼyicha Oliy komissari boshqarmasi Rossiya tomonidan boshlangan keng koʼlamli urush tufayli Ukrainada 5237 kishi halok boʼlgani va 7035 nafar tinch aholi jarohatlanganini tasdiqlashga muvaffaq boʼldi. Bu haqda BMT IHOK maʼlum qildi.

 Komissarlik maʼlumoti 24 fevraldan 24 iyul yarim tungacha boʼlgan vaqtdagi statistikani oʼz ichiga olgan. Qurbonlarning 348 nafari, jabrlanganlarning 560 nafari bolalar ekani tasdiqlangan.

 Iyul oyida tashkilot tinch aholining oʼlimi yoki jarohati bilan bogʼliq 1165 ta holatni qayd etgan: 285 kishi halok boʼlgan va 880 kishi yaralangan.

 “Tinch aholi vakillarining oʼlimi bilan bogʼliq roʼyxatga olingan holatlarning aksariyati keng taʼsir doirasiga ega boʼlgan portlovchi qurollardan foydalanish, jumladan, ogʼir artilleriya va koʼplab raketa tizimlaridan oʼqqa tutilgani, shuningdek, raketa va havo zarbalari natijasida sodir boʼlgan”, deyiladi BMT IHOK.

  Ularning taʼkidlashicha, haqiqiy raqamlar ancha yuqori, chunki janglar qizgʼin davom etayotgan ayrim joylardan maʼlumot olishda kechikish kuzatilmoqda. Bu, xususan, Mariupoьl (Donetsk viloyati), Izyum (Xarьkov viloyati), Lisichansk, Popasna va Severodonetsk (Lugansk viloyati) aholi punktlariga taalluqlidir.

                                                            Rossiya-Ukraina urushi

  Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi oʼzini mustaqil deb eʼlon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish toʼgʼrisidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini taʼkidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
  
  Putinning favqulodda qarori ortidan АQSh, YeI, Kanada, Аvstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kiritdi.

  24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini eʼlon qildi va rus qoʼshinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday soʼrov yuborgani bilan oqladi.

  Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Koʼp oʼtmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat eʼlon qildi.

  25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik eʼlon qildi. Аrmiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

  Rus qoʼshinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Аmmo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

  Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga ogʼir zarba berdi. Rus kompaniyalari aktsiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan oʼtdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yoʼqotishlarga uchradi.

  Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va АQSh Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanktsiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkrыtiya”, “Novikombank”, “Promsvyazьbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. АQSh va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

  Yevropa davlatlari, АQSh, Kanada Rossiya uchun oʼz havo hududini yopdi. Bu sanktsiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveytsariya ham qoʼshildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi aʼzoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: BMT, Ukrainadagi, aholi, qancha, tinch, ochiqladi, oʼlganini, Urushda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя