Главная » 2017 » Март » 27 » “Biz portaldanmiz, xizmatimiz falon pul”. Shu rostmi?
11:37

“Biz portaldanmiz, xizmatimiz falon pul”. Shu rostmi?


2016 yil 25 sentyabrda ish boshlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi hukumatning aholi va tadbirkorlik sub’ektlari murojaatlari bilan yaqindan ishlashga, joylarda mavjud muammolarni hal qilish va korrupsiyaning oldini olishga mo‘ljallangan bepul elektron resurs bo‘lib kelgan va bundan keyin ham bepul bo‘lib qoladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Facebook”dagi sahifasida xabar berildi.

So‘nggi vaqtlarda PM.GOV.UZ portalining pullik bo‘lgani, aholi vakillaridan qabul qilinadigan murojaatlar uchun pul olinishi haqidagi mish-mishlar bolalab ketgan edi. Jumladan, bu to‘g‘ridagi mish-mishlar odamlar o‘rtasida ijtimoiy tarmoq va messenjerlar orqali tarqalmoqda. Xususan, go‘yoki kimlardir aholi o‘rtasida guvohnomasini ko‘rsatgan holda, o‘zini portal xodimi sifatida tanishtirgan va aholidan murojaatlari uchun pul talab qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bu kabi ma’lumotlarni rad qiladi. Vazirlik ma’lum qilishicha, bu kabi gap-so‘zlar batamom asossizdir.

Shuningdek, Milliy operator abonentlari uchun qator hukumat va davlat saytlaridan, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi — PM.GOV.UZ’dan ham bepul internet trafigi asosida foydalanish imkoni yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi aholini bu kabi mish-mishlarga ishonmaslikka chaqiradi, Virtual qabulxonaning murojaatchi uchun bundan keyin ham bepul xizmat ko‘rsatishini ma’lum qiladi. Bu to‘g‘rida batafsil joylardagi “Xalq qabulxonasi”ga murojaat qilish maqsadga muvofiq.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Biz portaldanmiz, Shu rostmi?, xizmatimiz falon pul | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя