Главная » 2021 » Октябрь » 22 » Benzema ustidan yana bir sud jarayoni yakunlandi
19:51

Benzema ustidan yana bir sud jarayoni yakunlandi


Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Karim Benzema 22 oktyabr kuni 10 oylik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin edi. Ammo bugun sud hukmi e’lon qilinmadi.

Fransuz nashrlarining xabariga ko‘ra, sud hukmini e’lon qilish 24 noyabrga qoldirilgan. Versal sudi sudyasi Mate Valbuenaning intim videosini tarqatishda Karim Benzemaning ishtiroki biror maqsadda amalga oshirilmaganini ta’kidlagan.

Telefon qo‘ng‘iroqlari yozuvlaridan ma’lum bo‘lishicha, Benzemaning do‘sti Karim Zenati «Real» futbolchisiga qo‘ng‘iroq qilib, Valbuenani ogohlantirishni, aks holda yomon oqibatlarga olib kelishini aytishni undan so‘ragan. Benzemaning ushbu ishdagi ishtiroki shu yerda xolos.

Shu tariqa sudya bugun Benzemani bir qadar oqlagan, chunki uning shantajlikka aloqasi yo‘qligi 6 yilda ilk marta rasman aytilgan. Qolgan uch shaxs esa (bittasi sudlangan) Valbuenaning videosini tarqatish bilan qo‘rqitib pul talab qilgan.

Benzemaning advokati ham mijozining aybsizligini bildirib, javobgarlikka tortishdan ma’ni yo‘qligini aytgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Benzema, sud | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя