Главная » 2021 » Июль » 18 » Bemor o‘g‘il keksa onasini bolta bilan o‘ldirdi
22:11

Bemor o‘g‘il keksa onasini bolta bilan o‘ldirdi


Qashqadaryo viloyati Koson tumani «Yuqori Obron» mahallasida yashovchi E.Sh o‘z onasining qotiliga aylandi.

«Nasafnews»ning xabar berishicha, Koson tumani «Yuqori Obron» mahallasida yashovchi 1975-yilda tug‘ilgan erkak E.Sh. 10-iyul kuni 1947-yilda tug‘ilgan keksa onasi M.B.ni bolta bilan urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda erkakning onasi vafot etgan.

Qashqadaryo viloyat IIB ma’lumotida aytilishicha, erkak 2003-yildan buyon «shizofreniya» kasalligi bilan hisobda turgan.

Marhuma M.B. farzandi E.Sh.ni bir necha bor davolatgani, jumladan, 2021-yil 6-iyun kuni uni viloyat Asab-ruhiy kasalliklar dispanserida davolatib, uyiga olib kelgan.

Ammo uning xatti-harakatlarini biriktirilgan oilaviy poliklinika patronaj guruhi mas’ullari tomonidan doimiy nazorat tartibida o‘rganilmagan.

Holat yuzasidan Koson tuman prokuraturasi tomonidan E.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘ldirdi, Bemor, keksa, bolta, o‘g‘il, onasini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя