Главная » 2017 » Июль » 29 » Baxt Qasri hind seriali voqealar rivoji (70-qism)
14:06

Baxt Qasri hind seriali voqealar rivoji (70-qism)


Serial davom etadi...

Yash bilan Pankaj gaplashib turganda Vithi keladi. Keyin yana Yashdan nima bo'lganini so'raydi.
Yash: - Artidan so'rang. U juda yaxshi biladi nima qilganini!
Maya bolalarni Artiga olib chiqadi.
Maya: - Qara, bolang Palakni ham yo'ldan urayapti. Akamni seyfidan pul o'g'irlayapti!
Arti sekin bolalardan nega bunday qilganini so'raydi. So'ng Maya bolalarni Surajni yoniga olib boradi. Bolalar esa boshini eggancha jim turaverishadi. Maya Anshni siltay boshlaydi.
Arti: - Yetar! Bolalarim bilan bu oxangda gaplashmang. Ular o'g'irlik haqida o'ylashga hali yoshlik qilishadi. Bunga sabablari bordir?
Suraj bolalarni yoniga chaqiradi va ulardan nega bunday qilganliklarini so'raydi. Bolalar esa pulni Sexrgarga olib bormoqchiligini, Sexrgar esa Yashni tuzatishini aytgani uchun ular shunday ish qilishganini aytishadi. So'ng kechirim so'rashadi. Hammaning ko'ziga yosh keladi. Arti bolalarini quchoqlagancha Surajga minnatdorlik bildiradi.

Arti ibodat qilayotib, qilgan qarorim hammaga yaxshi bo'lar deydi. Shunda Gaytri va Suraj keladi.
Arti: - Bolalar otasidan qo'rqa boshlashdi. Keyin imtihonlari ham yaqin. Bunday muhitda qanday dars qilishadi. Shunga ularni olib, onamnikiga ketsammikan?
Gaytri: Anshni olib ketaver. Palak bilan Paykal esa ketmaydi.
Suraj: - Yo'q. Ular ham Artini farzandlari. Ularni olib qololmaysan. Boraqol qizim!
Arti yig'lab-yig'lab, uyidan ketadi. Ertalab Yash uydagilardan bolalarini so'raydi.
Suraj: - Mumbayda nima bo'lganini aytmaguningcha bolalar qaytmaydi.
Arti bolalarini maktab avtobusiga chiqarib, qaytayotganda, uni kimdir kuzatayotganini sezib qoladi. So'ng jaxl bilan mashina tomonga borib qarasa, hechkim yo'q bo'ladi. Uning orqasidan yigit do'sti Aman kuzatib kelgan edi.
Aman Arti bilan gaplashadi: - Nega hafasan? Ering bilan yana hafalashdingmi? Nima u hali ham o'sha yomg'irli kechadagi voqeadan hafami?
Arti esa o'ylanganicha qoladi...
DAVOMI BOR...


Категория: TV Serial / ТВ-Сериал | | Теги: Voqealar rivoji, Baxt Qasri, Hind seriali | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя