11:30 “Asian fight - 2017” xalqaro sport turniriga jurnalistlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish boshlandi | |
Barchaga ma’lumki, joriy yilning 9 sentyabr kuni Toshkent shahridagi muhtasham “Bunyodkor” stadionida “Asian Fight - 2017” xalqaro sport turniri tashkil etilmoqda. Tashkilotchilar: O‘zbekiston Penchak silat federatsiyasi va “Sunrise Entertainment” mas’uliyati cheklangan jamiyati Axborot hamkorlari (turnirni eksklyuziv tarzda tele va radio efirda hamda internet tarmog‘ida yoritish huquqi berilgan OAV): “Milliy” telekanali, “Oriat Dono” va “Oriat FM”radiostansiyalari, Championat.asia va Olamsport.com saytlari. Akkreditatsiyadan o‘tish uchun www.sunriseentertainment.uz saytiga kirib, akkreditatsiya bo‘limidan o‘rin olgan onlayn-arizani to‘ldirish zarur bo‘ladi. Shundan keyin turnir Axborot xizmati vakillari Siz bilan bog‘lanadi. Akkreditatsiyadan rasman o‘tish uchun onlayn-arizadan tashqari quyidagi hujjatlartopshirilishikerak: - Ish joyidan rasmiy xat; - akkreditatsiyadan o‘tuvchi xodimning pasport nusxasi; - 4 dona rangli fotosurat (3x4) Turnirni yoritishga ruxsat beriladigan OAV soni cheklangan: - har bir gazeta va jurnaldan 2 nafar; - har bir radiostansiyadan 2 nafar; - har bir internet saytlaridan 2 nafar; - har bir telekanaldan 4 nafar xodim ro‘yxatdan o‘tadi. Izoh: O‘zbekiston hududidagi barcha mustaqil jurnalistlar ham akkreditatsiyadan o‘tishlari mumkin. “Asian Fight - 2017” xalqaro sport turniri doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar: - birinchi matbuot anjumani (29 avgustga rejalashtirilmoqda, hujjatlarni shu kuni olib kelsangiz ham bo‘ladi); - ikkinchi matbuot anjumani (faxriy mehmonlar ishtirokida, sana aniq emas); - master klasslar (Jan Klod Van Damm, Jeff Monson va Fyodor Yemelyanenkolar ishtirokida, sana aniq emas); - “Asian Fight - 2017” (“Bunyodkor” stadionida 9 sentabr kuni soat 18.00 da boshlanadi) Akkreditatsiyadan o‘tish jarayoni 1 sentyabr kuniga qadar davom etadi. Batafasil ma’lumot uchun: “Asian Fight - 2017” Axborot xizmati
Manba: "darakchi.uz"
| |
|