Главная » 2022 » Август » 15 » Ashraf G‘ani Afg‘onistondan nega qochganini aytdi
12:51

Ashraf G‘ani Afg‘onistondan nega qochganini aytdi


Afg‘onistonning sobiq Prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon” mamlakat Prezidentini kamsitib, yangi hukumatni qonuniylashtiradigan hujjatni imzolashga majburlamasligi uchun Afg‘onistondan qochgan. Bu haqda siyosatchi CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Ketishimga sabab, men “Tolibon” va ularning tarafdorlariga Afg‘oniston Prezidentini yana bir bor kamsitish va hukumatning qonuniyligi to‘g‘risidagi hujjatga imzo chekishga majbur qilish zavqini bermoqchi emasdim. Men hech qachon qo‘rqmaganman”, deydi G‘ani.

Sobiq Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, dastlab u Afg‘onistonni tark etish niyatida bo‘lmagan. G‘ani jurnalistning ketayotganda yonida pasporti va katta miqdordagi puli bor-yo‘qligi haqidagi savoliga ham javob berar ekan, bu gaplar asossizligini aytish bilan cheklangan.

Eslatib o‘tamiz, Ashraf G‘ani 10 avgust kuni ABN'ga bergan intervyusida o‘zini hali ham Afg‘onistonning qonuniy Prezidenti ekanini aytgan edi.

2021 yilning avgust oyida Prezident Ashraf G‘ani Afg‘onistondan toliblar Qobulga kirishidan avval qochib ketgani xabar qilingan edi. “Tolibon” esa Ashraf G‘anining Afg‘onistonni tark etganidan xabar topganidan keyingina, avvalo Vashington bilan maslahatlashganidan so‘ng, Qobulga kirganini aytgan. 

G‘anining qochishi

Maʼlumot uchun, 2021 yil 14 aprelda AQShning amaldagi Prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondagi operatsiyani to‘xtatishga qaror qilganini eʼlon qildi. Bu Amerika tarixidagi eng uzoq xorijiy harbiy kampaniya bo‘ldi. Qo‘shma Shtatlar bu urushni 2001 yil oktabr oyida boshlagan. Amerika qo‘shinlarini olib chiqish 2021 yil may oyida boshlangan va sentabr oyi boshida yakunlangan. AQShning 2010-2013 yillardagi amaliyoti eng yuqori cho‘qqisida Afg‘onistondagi G‘arb kuchlari soni 150 ming kishidan oshdi. AQSH va NATOning asosiy jangovar bo‘linmalari 2014 yilda Afg‘onistondan olib chiqildi.

Qo‘shma Shtatlar o‘z kuchlarini olib chiqish niyatini eʼlon qilganidan so‘ng, “Tolibon” Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatish uchun keng ko‘lamli operatsiyani boshladi. O‘tgan yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani xorijga qochib ketgan va “Tolibon” jangsiz Qobulga kirib kelgan.

6 sentabr kuni “Tolibon” butun Afg‘oniston hududi ustidan nazorat o‘rnatilgani haqida, 7 sentyabrda esa qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan muvaqqat hukumat tarkibini eʼlon qildi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Afg‘onistondan, Ashraf, aytdi, qochganini, G‘ani, NEGA | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя