Главная » 2021 » Май » 7 » AQShda uch kishini yaralagan mergan oltinchi sinfda o‘quvchi qiz bo‘lib chiqdi
09:02

AQShda uch kishini yaralagan mergan oltinchi sinfda o‘quvchi qiz bo‘lib chiqdi


Aydaxodagi maktabda uch kishini yarador qilgan mergan oltinchi sinf o‘quvchisi bo‘lgan, u o‘qituvchi tomonidan qo‘lga olingan va qurolsizlantirilgan, deb xabar beradi Assoshieyted Press mahalliy huquq-tartibot idoralariga tayanib.

Rigbi shahridagi o‘rta maktabda sodir bo‘lgan otishma natijasida uch kishi — ikki o‘quvchi va bir kishi yaralangandi.

Jefferson okrugi sherifining aytishicha, qiz sumkasi ichidan to‘pponchani chiqarib, maktab binosi ichida va tashqarisida bir nechta o‘q uzgan. O‘qituvchilardan biri uni qurolsizlantirib, qo‘riqchilar kelguncha ushlab turishga muvaffaq bo‘lgan.

Rasmiylar hujum ortidagi sabablarni, shuningdek qurol qanday qilib oltinchi sinf o‘quvchisining qo‘liga tushganini tekshirmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘quvchi, yaralagan, Mergan, AQShda, Qiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя