Главная » 2021 » Январь » 7 » AQShda Tramp tarafdorlari Kongressga hujum qilib tartibsizliklar uyushtirdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi
10:40

AQShda Tramp tarafdorlari Kongressga hujum qilib tartibsizliklar uyushtirdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi


AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning tarafdorlari Vashington Kapitoliy binosiga bostirib kirib, Senat zalini o‘rab olishdi. Bu haqda dastlab AQSh senatori Jeyms Lankford xabar bergan. 

Natijada Senat va Vakillar Palatasi Arizonadagi so‘nggi ovoz berishga qarshi e’tirozlarni muhokama qilgan yig‘ilishni to‘xtatgan.

Shuningdek, namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y bergan. Politsiya ularga qarshi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gazdan foydalangan. 

Vashington meri Myuriel Bauzer hududda komentdantlik soatini joriy etgan. 

Shuningdek, politsiya vakili Robert Kontiga ko‘ra, to‘nashuvlarda to‘rt kishi vafot etdi. 

Voqealar fonida AQShning saylangan  prezidenti Jo Bayden amaldagi rahbar Trampdan TV orqali murojaat yo‘llash va tartibsizliklarni to‘xtatishga chaqirdi. Trampning ulkan auditoriyaga ega Tvitter sahifasi esa bloklab qo‘yilgan. 


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: AQShda, hujum qilib, tartibsizliklar, uyushtirdi, Kongressga, halok bo‘ldi, Tramp | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя