Главная » 2022 » Август » 16 » AQSH va Rossiya o‘rtasidagi yadroviy urush necha milliard odamning boshiga yetishi hisoblandi
19:54

AQSH va Rossiya o‘rtasidagi yadroviy urush necha milliard odamning boshiga yetishi hisoblandi


Xalqaro iqlimshunoslar jamoasi Rossiya va AQSH o‘rtasidagi yadro urushining ehtimoliy oqibatlari bo‘yicha o‘tkazgan tadqiqoti natijasini eʼlon qildi.

Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya va AQSH o‘rtasida mojaro yuzaga kelsa, 360 million kishi halok bo‘ladi, undan keyingi global ocharchilik yana 5 milliard kishining nobud bo‘lishiga olib keladi. Avstraliyadan tashqari barcha qitʼalar qishloq xo‘jaligidagi salbiy oqibatlarni his qiladi.

Tadqiqot Ratgers universiteti (AQSH), Bergen universiteti (Norvegiya), Potsdam iqlim o‘zgarishini o‘rganish instituti (Germaniya), Luiziana shtat universiteti (AQSH) va boshqalar tomonidan o‘tkazilgan. Tadqiqot “Nature Food” jurnalida chop etilgan.

Tadqiqotchilar ikkita yadroviy mojaroning ehtimoliy oqibatlarini bashorat qilgan – Hindiston va Pokiston hamda Rossiya va AQSH o‘rtasidagi. Shuningdek, mojaroning qishloq xo‘jaligiga taʼsiri o‘rganilgan, iqlim va atrof-muhitga taʼsirni o‘rganish imkonini beruvchi iqlim modeli ishlab chiqilgan.

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi urush kamida besh yil davomida barcha asosiy ekinlar hosildorligining keskin pasayishiga olib kelishi, oziq-ovqat ishlab chiqarishning o‘rtacha 7 foizga kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday urush 2 milliard odamning o‘limiga olib keladi.

Rossiya va AQSH o‘rtasidagi ziddiyat qishloq xo‘jaligining hosildorligini 90  foizga pasayishiga olib kelishi mumkin. Bu 5 milliarddan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘ladi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: hisoblandi, AQSH, boshiga, yetishi, Urush, Rossiya, yadroviy, milliard, VA, necha, o‘rtasidagi, odamning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя