Главная » 2020 » Ноябрь » 3 » Alisher Shodmonov yangi lavozimga tayinlandi
22:01

Alisher Shodmonov yangi lavozimga tayinlandi


Sobiq Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Qayumovich Shodmonov Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tegishli qarorni imzoladi.

Bugungacha tibbiyot akademiyasiga rektorlik qilgan Laziz To‘ychiyev boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.

Avvalroq, Alisher Shodmonov SSV rahbarligidan ketgani haqida xabar bergan edik. Uning o‘rniga birinchi o‘rinbosari Abduhakim Hojiboyev nomzodi vazir lavozimiga ma’qullandi.

Endilikda qaror O‘zbekiston Prezidentiga yuborilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Alisher Shodmonov, Yangi, lavozimga tayinlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя