Главная » 2016 » Декабрь » 13 » Adham Ikromov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi
17:08

Adham Ikromov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Adham Ikromov Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Bosh vazir o‘rinbosarligini ham saqlab qoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda

Adham Ikromov 2012-yilda Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan, hukumatda Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksiga rahbarlik qiladi. Bungacha u 2009—2012-yillarda Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida faoliyat yuritgandi. 

2012-yildan beri vazirlikni boshqarib kelgan Anvar Alimov Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya maxsus ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori etib tayinlandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni , Adham Ikromov | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя