Главная » 2022 » Август » 25 » 6 oyda ortiqcha 5,7 mlrd so‘m pensiya va nafaqa berib yuborilgani aniqlandi
11:26

6 oyda ortiqcha 5,7 mlrd so‘m pensiya va nafaqa berib yuborilgani aniqlandi


O‘tgan yarim yilda Pensiya jamg‘armasi tizimida 3 292 holatda 5 mlrd 718,3 mln so‘mlik moliyaviy xatoliklar va ortiqcha pensiya to‘lovlari aniqlandi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining Ichki audit va moliyaviy nazorat bo‘limi boshlig‘i Dilshod Mirsaidov maʼlum qildi.

Xatoliklar quyidagi yo‘nalishlarda aniqlangan:

•    “Ijtimoiy himoya yagona ryestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun maʼlumotlarni xato shakllanishi natijasida 2 194 holatda 3 mlrd 510,3 mln so‘m;

•    Davlat pensiya va nafaqalarining noto‘g‘ri tayinlanishi va hisoblanishi natijasida 913 holatda 2 mlrd 179,7 mln.so‘m;

•    Hududlarda buxgalteriya hisobini yuritishda smeta-shtat va budjet intizomining buzilishi natijasida 185 holatda 28,2 mln so‘m.

Ushbu aniqlangan qonunbuzilish holatlarining barchasi huquqiy baho berish uchun huquqni muxofaza qilish idoralariga topshirildi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: VA, nafaqa, Ortiqcha, so‘m, yuborilgani, mlrd, berib, oyda, pensiya, aniqlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя