15:12 6 kunda 5 kg.ga qanday ozish mumkin? | |
Birinchi kun Nonushta: yarim stakan yog‘siz sut, vinegret salati, sariyog‘ surtilgan 1 bo‘lak qora non. Ikkinchi nonushta: 100 gr. pishloq, 2 bo‘lak qora non. Tushlik: karam sho‘rva (borщ), sabzavotli salat, 2 bo‘lak qora non. Tushlik va kechki taom o‘rtasida: 150 gr. dimlab pishirilgan baliq go‘shti, 2 bo‘lak qora non. Kechki taom: istalgan bo‘tqa, yarim stakan sut, 1 bo‘lak qora non. Ikkinchi kun Nonushta: 1 dona qaynatilgan tuxum, sabzavotli salat, sariyog‘ surtilgan 1 bo‘lak qora non. Ikkinchi nonushta: 2 bo‘lak qora non, 1 stakan yog‘siz sut. Tushlik: sabzavotli sho‘rva, 100 gr. qaynatilgan go‘sht, 2 bo‘lak qora non, vinegret salati. Tushlik va kechki taom o‘rtasida: 100 gr. pishloq. Kechki taom: 1 bo‘lak qora non, 1 stakan sut, sabzavotli salat. Uchinchi kun Nonushta: istalgan sabzavot (salat yoki dimlab pishirilgani), sariyog‘ surtilgan 2 bo‘lak qora non yoki pishloq bilan, asalli choy. Ikkinchi nonushta: yarim stakan sut, 2 bo‘lak qora non. Tushlik: sabzavotli sho‘rva, 100 gr. qaynatilgan go‘sht, sabzavotli salat, 2 bo‘lak qora non. Tushlik va kechki taom o‘rtasida: 150 gr. yog‘siz tvorog. Kechki taom: sabzavotli salat, 2 bo‘lak qora non. Eslatma! Choy va suv ichish miqdori cheklanmagan. Istakka ko‘ra parhezni xuddi shu shaklda olti kun davom ettirish mumkin. Go‘sht va sut mahsulotlarining yog‘siz bo‘lishiga e’tibor qarating.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|