Главная » 2021 » Февраль » 2 » 27 yoshli bokschi Muhammad nokautdan so‘ng vafot etdi (video)
19:00

27 yoshli bokschi Muhammad nokautdan so‘ng vafot etdi (video)


Pokistonlik bokschi Muhammad Aslam Xon vatandoshi Vali Xon Taringa qarshi xayriya jangidan so‘ng hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda «The Sun» nashri xabar berdi.

27 yoshli sportchi Karachidagi shifoxonada olamdan o‘tdi. Bunga kuchli nokaut natijasida olgan ichki jarohatlar sabab bo‘lganligi aytilmoqda.

Jangni tashkillashtirish zarur xavfsizlik talablariga javob bermaganligi aniqlandi. Xususan, ringda tibbiyot xodimi bo‘lmagan.

2020-yil iyul oyida britaniyalik MMA jangchisi Jaro Sheperd 30 yoshida o‘ldirilganligi haqida xabarlar tarqalgandi. Sportchi ko‘plab pichoq jarohatlaridan halok bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam xodimlari kurashchining hayotini asrab qolisholmagan.

O‘shandayoq biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan meksikalik 21 yoshli bokschi Xaver Gonsalesning to‘satdan vafot etganligi ma’lum bo‘ldi. Uning o‘limiga saraton sabab bo‘lgan.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: nokautdan, bokschi, vafot etdi (video) | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя