23:33 "23 yoshdan kichik va musulmon bo‘lishi kerak": muslima ayol eriga ikkinchi xotin qidirmoqda | |
Moskvalik yosh musulmon ayol eri uchun rus xotin topishga qaror qildi va bu haqda ijtimoiy tarmoqlarning birida e’lon joylashtirdi. "Moskovskiy Komsomoles"ga ko‘ra, musulmon jamoalari uni qoralagan. E’londa aytilishicha, ikkinchi xotin 23 yoshdan katta bo‘lmagan bokira qiz va musulmon bo‘lishi kerak. «Agar erim nafsi tufayli ikkinchi xotinni xohlasa, men e’tiroz bildirgan bo‘lardim. Ammo u katta oila va ko‘p bolali bo‘lishni xohlaydi, men bu istakni hurmat qilaman. Va ehtimol, biz ikkita emas, balki bir nechta bo‘lamiz. Oiladagi bir nechta xotinlar erkakni zino qilish vasvasasidan qutqaradi», - deb tushuntirdi Nargiza Tleumbetova. Uning so‘zlariga ko‘ra, nomzod allaqachon topilgan. «Muftiyat internetda tanishishga ruxsat beradi, lekin faqat oila yaratish maqsadida. Ammo ijtimoiy tarmoqlardagi bunday sahifalar asta-sekin butun internetga xos buzuqlik bilan to‘ldirilmoqda. Shuning uchun ba’zi diniy tashkilotlar o‘z veb-saytlarida tanishish bo‘limlarini tashkil etishgan», - deya izoh berdi Moskva masjidlaridan birining imomi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|