Главная » 2017 » Март » 31 » 1 aprel kuni O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘adi
22:35

1 aprel kuni O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘adi


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1 aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 12-17 metrgacha kuchayadi. Kechasi 8-10, kunduzi 17-19 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 1-2 darajagacha sovuq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя