Главная » 2021 » Июль » 9 » 10 iyul kuni Toshkentda havo harorati pasayib, havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda
11:33

10 iyul kuni Toshkentda havo harorati pasayib, havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda


9-10 iyulda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayishi kutilmoqda, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin.

«O‘zgidromet» 10 iyul kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi kutilayotganini ma'lum qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayadi, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayadi, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayadi, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayadi, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayadi, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayadi, ba'zida 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 21-26 daraja bo‘ladi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: harorati, havo, bulutli, pasayib, Toshkentda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя